Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil zarbasi sabab G‘azoda 73 kishi halok bo‘ldi

Isroil zarbasi sabab G‘azoda 73 kishi halok bo‘ldi

Isroil aviatsiyasi G‘azo sektori shimolidagi Bayt-Lahiya shahridagi turar-joy majmuasiga zarba berdi, deb xabar qildi Falastinning WAFA axborot agentligi.

Unga ko‘ra, 73 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan.

Ko‘pchilik vayronalar ostida qolmoqda, qutqaruvchilar ularga yetib bora olmayapti. WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil shuningdek, uchuvchisiz samolyotlarni ko‘chirilganlar joylashgan chodirlarga, shuningdek, shifoxona hovlisi va tez yordam mashinasiga yo‘naltirgan.

Avvalroq G‘azoda HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilgandi. 

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrda boshlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil 42 mingdan ortiq falastinlikni o‘ldirgan va 98 mingga yaqin odamni yaralagan javob harbiy operatsiyasi o‘tkazmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring