Isroil G‘azo sektoridagi BMTning maxsus maktabiga zarba berdi
Isroilning BMT Falastin qochqinlari ishlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ga qarashli Nuseyrat qochqinlar lageridagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi.
Bu ma’lumotlarni G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirmoqda.
Ta’lim muassasasi falastinlik qochqinlarga yordam berish uchun BMT agentligi shafeligida ishlagan va janglar paytida mahalliy aholi uchun boshpana va evakuatsiya markazi vazifasini bajarib kelgan.
«Maktabga ehtimoliy hujumlarda jon berishdan qochib kelganlar bor. Biz hech narsani xohlamaymiz. Biz faqat xavfsiz bo‘lishni xohlaymiz, lekin hozir na maktab, na uy va yoki boshqa joy xavfsiz emas. Ular hamma narsani nishonga olyaptilar», - deydi maktabda yashovchi qochqin.
Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, ular «hududda faoliyat yuritayotgan va UNRWA maktabida joylashgan terrorchilarga» zarba bergan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida 90 dan ortiq falastinlik Xon Yunus yaqinida uyushtirilgan navbatdagi keng ko‘lamli hujum qurboni bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter