Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil «Yevrovideniye»ga qo‘yilmasligi kerak edi — Ispaniya bosh vaziri

Isroil «Yevrovideniye»ga qo‘yilmasligi kerak edi — Ispaniya bosh vaziri

Foto: AP

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches «Yevrovideniye» tashkilotchilarini ikkiyuzlamachilikda aybladi.

«Rossiya kabi, Isroil ham qo‘shiqlar tanloviga qo‘yilmasligi kerak edi. Ikkiyuzlamachilikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q, hatto madaniyat sohasida ham», — dedi Pedro Sanches.

«Yevrovideniye» finalida isroillik xonanda Yuval Rafaelga hushtakbozlik qilindi, sahnada Falastin bayrog‘i paydo bo‘ldi. Jurnalistlarning fikricha, jamoatchilik Isroilning G‘azodagi xunrezliklariga shu tariqa isyon qildi.

Shunga qaramasdan, Rafael «Yevrovideniye» yakunida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. G‘oliblik avstriyalik JJ ga nasib etdi, eston qo‘shiqchisi Tommi Kesh — uchinchi o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring