Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi yangi turar joylarni vayron qildi

Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi yangi turar joylarni vayron qildi

Qatar Davlatining sobiq amiri Shayx Hamed bin Xalifa Ol Soniy nomi bilan atalgan, 2500 xonadonni o‘z ichiga olgan Hamed mahallasi 2012 yilda qurilgandi.

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunusdagi binolarga havodan zarba berdi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil samolyotlari tinch aholiga tegishli binolarga zarba bergan.

Hujumlar natijasida binolar butunlay vayron bo‘lgan va voqea joyidan quyuq tutun ko‘tarilgan. Qurbonlar va jarohatlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy nomini olgan, 2500 xonadonga ega Hamad mavzesi 2012 yilda G‘azoni qayta qurish dasturi doirasida Dohadan 407 million dollarlik xayriya hisobidan barpo etilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring