Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei katta vitse-prezidenti Sian shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi

Huawei katta vitse-prezidenti Sian shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning 19 may kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi dasturi doirasida Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirokida Sian shahrida davra suhbati o‘tkazdi. Huawei Technologies Co. Ltd. katta vitse-prezidenti Janob Van Szyanfen kompaniya vakili sifatida uchrashuvda ishtirok etdi va Huawei kompaniyasining O‘zbekistonda tarmoqqa kirishini kengaytirish, yashil rivojlanish, iqtidorlarni tayyorlash va ekotizim hamkorligi bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Huawei 24 yil davomida O‘zbekistonda o‘z xizmatlarini taqdim etib, mahalliy tarmoq operatorlari va ekotizim hamkorlari bilan innovatsiyalar, tajriba almashish va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston fuqarolariga foyda keltirish maqsadida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya davlatning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish va mamlakatda uglerod neytralligiga erishish uchun energiya tejovchi texnologiyalar joriy etish istagini qo‘llab-quvvatlaydi.

«AKT innovatsiyalari, yashil energiya sektoridagi hamkorlik raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Avvalgidek, Huawei ochiq hamkorlik tarafdori, tadqiqot va aloqa, bulutli hisoblash va yashil energiyani rivojlantirish uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga sarmoyalarni ko‘paytirishni maqsad qilgan. Huawei, shuningdek, O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish niyatida. «Seeds of the Future» va «AKT akademiyasi» kabi ta’lim dasturlari orqali Huawei mahalliy iste’dodlarni yetishtirishga yordam beradi va o‘sib borayotgan raqamli iqtisodiyotga o‘z hissasini qo‘shish uchun butun mamlakat bo‘ylab mijozlar, hamkorlar va universitetlar bilan hamkorlikni davom ettiradi», – deya ta’kidladi Van Szyanfen.

Van Szyanfen va Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay Sian xalqaro ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistonda Huawei yechimlari asosida energetika sohasi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab hamma joyda mavjud bo‘lgan aloqa texnologiyalari taqdim etildi.

Huawei kompaniyasi 1987 yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi yechimlari va aqlli qurilmalarni yetkazib beruvchi yetakchi global provayder hisoblanadi. Huawei kompaniyasining 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda ofislari mavjud va 207 000 xodimlariga ega. Kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1999 yilda ochilgan. Ayni paytda unda 400 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda, shundan 70 foizi mahalliy ishchilardan iboratdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring