Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyalik 21 yoshli poygachi qiz halok bo‘ldi

Ispaniyalik 21 yoshli poygachi qiz halok bo‘ldi

Foto: «Sport-Ekspress»

Portugaliya rallisida fojia yuz berdi: ispaniyalik 21 yoshli poygachi Laura Silvo halokatga uchradi. Bu haqda «Marca» xabar berdi.

Halokatga trassaning birinchi aylanasida katta tezlikdagi to‘qnashuv sabab bo‘lgan: Laura boshqaruvidagi mashina boshqa mashina bilan urilib ketgan.

Foto: «Sport 24 - 24 Kanal»

Zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Silvo voqea joyida dunyodan ko‘z yumgan.

Laura Silvo mintaqaviy va Ispaniya doirasidagi chempionatlarda qatnashib kelayotgandi. Fojiali voqeadan so‘ng poyga bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring