Ispaniyadagi tungi klubda ayanchli hodisa yuz berdi
Ispaniya janubi-sharqidagi Mursiya shahrida joylashgan tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi.
Atalayas tumanida joylashgan mashhur «Teatre» tungi klubida yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Favqulodda xizmatlar bir necha bedarak yo‘qolgan kishilarni qidirishda davom etmoqda.
«Biz hodisadan dahshatga tushdik», deya ma’lum qilgan Mursiya meri Xose Ballesta Ispaniya televideniyesi orqali. Shaharda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroqdagi to‘yda pirotexnika vositalari portlashi sabab yuzdan oshiq kishi qurbon bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter