Islombek Ismoilov: Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi

O‘zbekiston U17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov qit’a chempionligini qo‘lga kiritiganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avvalo, O‘zbekiston xalqiga g‘alaba muborak bo‘lsin. Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi. So‘nggi yillarda yurtboshimiz sportga, ayniqsa futbolga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning uchun tashakkur aytamiz. Shuningdek, O‘FA rahbariyati, Xalqaro aloqalar va Terma jamoalar bo‘limi hamda bizning jamoamiz uchun mehnati singgan har bir insonga minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shu kunga qadar biz uchun juda ko‘plab yig‘inlar tashkil etildi, xalqaro turnirlarda ishtirok etishimiz uchun sharoit yaratib berildi.
Vatanimiz doimo qahramonlar, mard insonlar yurti bo‘lgan. Buni futbolchilarimiz yana bir bor maydonda ko‘rsatib berishdi. Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular imkonsiz vazifani bajarishdi. Hissiyotlarimizni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Oldimizda yanada muhim turnir bizni kutmoqda. Jahon chemionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz», – dedi murabbiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter