O‘zbekiston o‘smirlari finalda!

Bugun, 17-aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finali doirasida O‘zbekiston U17 terma jamoasi Shimoliy Koreya o‘smirlari bilan kuch sinashib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekiston U17 3:0 Shimoliy Koreya U17
Gollar: Xasanov - 29, Rustamov - 62, Shukrullayev - 65.
Shunday qilib, finalga yo‘l olgan «kichik oq bo‘rilar» 20-aprel kuni musobaqa mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ikkala finalchi jamoa turnirning A guruhida o‘zaro bahslashib, O‘zbekiston o‘smirlari yirik, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter