Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishxonamiz hujjatlari yonib ketgan. Pensiyaga chiqishimda muammo bo‘lmaydimi?

Ishxonamiz hujjatlari yonib ketgan. Pensiyaga chiqishimda muammo bo‘lmaydimi?

Foto:«Minbar.uz»

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda «O‘zarxiv» agentligi matbuot kotibi Anvarjon Aliyev aholi murojaati va savollari yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Bobom Samarqand viloyatida 1903-yillarda qozi lavozimida faoliyat yuritganlar. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni arxivdan topsam bo‘ladim?

Qozilar faoliyatiga oid arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Milliy arxivining fondlaridan topishingiz mumkin.

Ishxonamiz hujjatlari yonib ketgan. Pensiyaga chiqishim kerak, nima maslahat berasiz?

Tashkilot hujjatlari yonib ketganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasini pensiya jamg‘armasiga taqdim etish kerak bo‘ladi.

Rossiya fuqaroligini olmoqchiman. O‘zbekistonda o‘qiganligim bo‘yicha bir qancha hujjatlar kerak ekan. Maktab shahodatnomam yo‘qolgan, shuni olishim uchun qaysi tashkilotga uchrasam bo‘ladi?

Birinchi navbatda o‘zingiz ta’lim olgan maktabga murojaat qilasiz, agar o‘qiganlik ma’lumotlari maktab arxivida bo‘lmasa, maktab sizga tuman xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilish uchun yo‘llanma beradi va xalq ta’limi bu bo‘yicha sizga ma’lumot taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring