Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishqiy yozishmalarni qo‘lga kiritgan quda pul talab qilib qo‘lga tushdi

Ishqiy yozishmalarni qo‘lga kiritgan quda pul talab qilib qo‘lga tushdi

2021-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVga Sh.M. va uning opasi M.N. ariza bilan murojaat qilib, arizada Sh.M. boshqa shaxs bilan telegram orqali ishqiy munosabatdagi yozishmalarini uning qudasi Buxoro shahrida yashovchi R.D. yashirin yo‘llar bilan qo‘lga kiritib, ushbu yozishmalarni uning turmush o‘rtog‘iga yuborish bilan qo‘rqitib, yubormaslik evaziga 22.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini bayon qilishib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, R.D. va M.F. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasida joylashgan «Ibroximbek» kafesida ariza muallifi Sh.M.dan talab qilgan 22.000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 11-noyabr kuni Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar D.R.ga va F.M.larga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring