«Ishqiy sahna» tasvirini 1 mlrd. so‘mga baholagan tovlamachi ushlandi
Xivada fuqaroni qo‘rqitib, 1 mlrd. so‘m talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro J.B. fuqaro B.J.ning «G» ismli tanishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganligini videotasvirga olganligini, agar yil boshida 500 mln. so‘mga sotgan bino-inshootini 1 mlrd. so‘mga qayta sotib olmasa, tasvirlarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitadi.
Shu tariqa J.B. o‘ziga tanish «boyvachcha»ni berk ko‘chaga tiqqaniga ishonch hosil qilib, undan xotirjam tarzda 90 mln. so‘m va 20 000 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament (IIB vakillari bilan hamkorlikda) xodimlari tomonidan ushlandi.
Holat yuzasidan J.B.ga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter