Tovlamachi ayol qarmog‘i: ishqdan chiqqan jinoiy ish
Xo‘jaobod tumanida yashovchi «Munira» ismli yosh ayol qo‘shni Buloqboshi tumanida yashovchi «T.O.» ismli yigit bilan tanishib, o‘rtalarida yaqin munosabat yuzaga keladi.
Ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng «Munira» tovlamachilik yo‘liga o‘tib, yigitdan katta-katta miqdorda pul talab qilishni boshlaydi. Agar u so‘ragan pullarni bermasa, yigitning yashash uyiga, mahallasiga, ish joyiga borib, janjal ko‘tarishini, sharmanda qilishini aytib, bir necha bor pul oladi.
«Munira» bu olgan pullar bilan cheklanib qolmaydi. Yigitning ish joyiga kelib, 3600 AQSh dollari miqdorida pul berishini talab qiladi. Tovlamachi ayolning tahdidlaridan qutila olmagan yigit ichki ishlar idorasi xodimlariga «Munira» va uning onasiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, murojaat qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi tegishli tuzilmalari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘zini «Munira» deb tanishtirgan shaxs hamda uning onasi Andijon shahar, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Gumbaz» mehmonxonasi oldida jabrlanuvchini boshqa bezovta kilmaslikllari haqida tilxat yozib berishib, kimyoviy ishlov berilgan 3600 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ko‘zg‘atilib, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter