Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishchi guruhning Xorazmga tashrifi samarali kechdi (foto)

Ishchi guruhning Xorazmga tashrifi samarali kechdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligining ishchi guruhi hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, tizimdagi muammoli masalalarni joyida hal etish, xodimlar bilan muloqot o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyatida bo‘ldi.

Ishchi guruh tashrif davomida viloyatning Yangibozor tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Yangibozor telekommunikatsiyalar bog‘lamasi hududida umumxalq hashari munosabati bilan archa ko‘chatlari ekildi. Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari viloyatning Gurlan tumanidagi telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi bog‘lamalari, mazkur tumanda ochilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya tarnsport tarmog‘i» filialining 9-texnik bog‘lamasi, Urganch radiotelevizion stansiyasi, viloyat elektromagnit moslashuv xizmati, UZDIGITAL TV va «Alskom» kompaniyalarining Urganchdagi shoxobchalari, TATU Urganch filiali innovatsion g‘oyalar texnomarkazi singari ko‘plab soha korxona hamda tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi.

Ayniqsa, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari bilan  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va soha korxona hamda tashkilotlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv taassurotlarga boy bo‘ldi.

Ishchi guruhning viloyatga tashrifi samarali kechdi, soha xodimlarining o‘y-tashvishlari o‘rganilib, jonli muloqot o‘tkazildi, muammoli masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, shu bilan birga sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Navro‘z bayrami arafasida xorazmlik soha xodimlari bir piyola choy bahona diydorlashishdi. Tadbirga sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriy aloqachilar, xotin-qizlar, yoshlar, bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbining ustalari tadbirga taklif qilindi. Unda so‘z olgan vazirlik ishchi guruhi rahbari Shuhrat Sodiqov xorazmlik aloqachilarni yaqinlashayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklab, 20 nafardan ziyod soha xodimlariga vazirlikning tashakkurnomasi va sovg‘alarini topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring