Ish haqi va ustamalarini ololmagan tibbiyot xodimlari uchun ishonch telefoni ishga tushdi
So‘nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlarning ish haqi va belgilangan ustamalarni ololmayotgani haqidagi murojaatlar ko‘paygan edi.
Tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasini davolash bilan kurashib, lekin belgilangan ish haqi va maxsus ustamalarini o‘z vaqtida ola olmagan tibbiyot xodimlarining ish haqi bo‘yicha murojaatlari zudlik bilan hal qilinadigan bo‘ldi.
Agar Sizda ushbu masalada e’tiroz bo‘lsa, tashkil etilgan tezkor Shtabning +998 71 207-99-84 ishonch telefoni raqamiga soat 9:00 dan 21:00 gacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter