Iroqda namoyishchilar Shvetsiya elchixonasiga o‘t qo‘ydi
Kecha, 19 iyul kuni Stokgolm politsiyasi ruxsat bergan Qur’on nusxasini yoqish bo‘yicha yangi aksiyaga qarshi Iroqda namoyishchilar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirdi. «Reuters» agentligining xabar berishicha, namoyishchilar diplomatik missiya binosiga o‘t qo‘ygan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmagan. Shvetsiyaning Bag‘doddagi diplomatik missiyasi vakillari agentlikning voqea yuzasidan izoh berish so‘roviga javob bermadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muqaddas Qur’on kitobini omma oldida yoqib yuborgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter