OAV: Iroqda jangarilar 11 nafar tinch aholini o‘ldirdi
Iroqda IShID guruhi jangarilarining qishloqqa uyushtirgan hujumi natijasida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Diyala viloyatida joylashgan qishloqda sodir etilgan. Shuningdek, terrorchilar 13 kishini yaralagan. Manbaga ko‘ra, qishloqda ko‘plab xavfsizlik xodimlari yashagan.
Ayni damda aholi punkti himoyaga olingan, hujumchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda sodir bo‘lgan teraktlarda ham IShID jangarilari aloqadorligi aytiladi. Jumladan, Qandahordagi teraktda 100 dan ziyod kishi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter