Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiy erkinlik indeksi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Iqtisodiy erkinlik indeksi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Foto: «Global Finance Magazine»

«The Heritage Foundation» 2021-yilgi iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qildi: batafsil ma’lumot. 

Reyting yetakchilari Singapur (1-o‘rin), Yangi Zelandiya (2), Avstraliya (3), Shveysariya (4) va Irlandiya (5).

Sobiq ittifoq mamlakatlari reytingda quyidagicha tartiblandi:

  • Estoniya (8-o‘rin)
  • Gruziya (12)
  • Litva (15)
  • Latviya (30)
  • Armaniston (32)
  • Qozog‘iston (34)
  • Ozarbayjon (38)
  • Rossiya (42)
  • Qirg‘iziston (78)
  • Moldova (85)
  • Belarus (95)
  • O‘zbekiston (108)
  • Ukraina (127)
  • Tojikiston (134)
  • Turkmaniston (167).

Ta’kidlanishicha, samarali sud tizimi sababli O‘zbekiston to‘plagan umumiy ball o‘tgan yilga nisbatan 1.1 bandga oshib, 58.3 ni tashkil etmoqda. Iqtisodiy erkinlik bo‘yicha O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 40 mamlakati orasida 21-o‘rinda, biroq ko‘rsatkichi mintaqa va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past.

Eslatib o‘tamiz, «The Heritage Foundation» reytingida O‘zbekiston 2017-yilda 166-o‘rin (46 ball), 2018-yilda 152-o‘rin (51,5 ball), 2020-yilda 114-o‘rinni (57,2 ball) egallagan edi. Demak, bu yilgi ko‘tarilish — 6 pog‘ona, besh yilda — 58 pog‘ona. 

O‘zbekistonning reytingdagi qo‘shnilari Xitoy, Butan va Afrika mamlakatlari: 

Iqtisodiy erkinlik eng past mamlakatlar

Iqtisodiy erkinlik indeksi har yili «The Heritage Foundation» fondi tomonidan iqtisodiy va savdo erkinliklari, sarmoyalar uchun ochiqlik, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, korrupsiya omili kabi 10 asosiy ko‘rsatkich asosida tuzib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring