Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodchi rubl kursini yaxshilash uchun keskin choralar ko‘rishni taklif qildi

Iqtisodchi rubl kursini yaxshilash uchun keskin choralar ko‘rishni taklif qildi

Foto: Shutterstock.

Rossiyalik iqtisodchi ekspert Vladimir Grigorevning fikricha, qo‘shimcha valyuta cheklovlarining joriy etilishi Rossiya moliya bozorini sanksiyalar va iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida barqarorlashtirishga yordam beradi va rubl kursi qadrsizlanishi ham to‘xtatashi mumkin. Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda.

Nashrga bergan intervyusida iqtisodchi bunday chora-tadbirlar o‘z samarasini o‘tgan yili isbotlaganini ta’kidladi. Masalan, 2022-yilning mart oyida Markaziy bank birinchi sanksiyalar kiritilgandan so‘ng rublning keskin qadrsizlanishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgandi.

Grigorevning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti bugungi kunda qattiq valyuta cheklovlarisiz ishlay olmaydi. Ekspertning fikricha, radikal choralar ko‘rilganda rubl kursini barqarorlashtirish uchun bir oydan uch oygacha vaqt ketishi mumkin.

«Agar qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilsa, bu bir yilga ham cho‘zilishi mumkin», deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring