Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 smartfonini ishlab chiqarishda titan ishlatiladi

iPhone 14 smartfonini ishlab chiqarishda titan ishlatiladi

iPhone 14 smartfonining Pro versiyasini ishlab chiqarishda zanglamaydigan po‘lat o‘rniga titan ishlatiladi. Bu haqda JP Morgan Chase xolding kompaniyasi investorlari hisobotiga asoslanib ArsTechnica ma’lum qildi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu 2022-yilda chiqariladigan iPhone dizaynidagi eng muhim o‘zgarish bo‘ladi. Apple ilgari titan materialini smartfonlarda ishlatmagan va hozirgi Pro iPhone 12 modellari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

Yangi material tirnalishga, korroziyaga, egilishga nisbatan ancha chidamli, shuningdek, po‘latga nisbatan yengilroq. Shuni ta’kidlash kerakki, gap smartfonning metall qirralari haqida ketmoqda. MagSafe simsiz quvvatlagichning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun uning orqa qismi shishadan yasaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring