Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiya vazirligi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Investitsiya vazirligi tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlangani xabar qilingandi.

Mahsulotlarimiz narx jihatdan raqobatbardosh bo‘lishini istasak, eng avvalo, o‘zimizdagi xom ashyoni chuqur qayta ishlab, tayyor sifatli mahsulotlarni ko‘paytirishimiz shart va zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta ko‘rib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o‘zini-o‘zi boshqaradigan tashkilotga o‘tkaziladi. Bu tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.

Shuningdek, Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga ko‘maklashadigan mutaxassislari shug‘ullanadi.

Eksport agentligi va jamg‘armasi, «O‘zbekekspertiza» tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tadi.

Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring