Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetga ulanish tezligining 15 kundan so‘ng oshirilishi haqida «O‘zbektelekom» AK izoh berdi

Internetga ulanish tezligining 15 kundan so‘ng oshirilishi haqida «O‘zbektelekom» AK izoh berdi

Foto: «Spot.uz»

So‘nggi kunlarda ko‘plab ommaviy axborot vositalari, O‘zA — Milliy axborot agentligi ma’lumotlariga asoslanib, 15 kun ichida O‘zbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oshishini ma’lum qildi. «O‘zbektelekom» AK ushbu ma’lumotlarga rasman izoh berdi:

«2018-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Davlatimiz rahbari internet tarmog‘iga ulanish narxini pasaytirish, shuningdek, ulanish tezligini oshirish, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari darajasiga yetkazish topshirig‘ini berdi.

Kompaniya ishlari barcha yo‘nalishlarda yuritilmoqda: ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytirilmoqda, aholi internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanish bilan ta’minlanishi oshirilmoqda, mijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda va xalqaro hamkorlar bilan faol aloqa saqlanmoqda.

O‘tgan 10 oy mobaynida «O‘zbektelekom» AK da zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘iga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning boshida O‘zbekiston tashqi internet kanallariga ulanish faqat ikkita xalqaro bog‘lama orqali amalga oshirilardi. 2018-yil boshiga bog‘lamalar o‘z mahsuldorligining chegarasida, deyarli ishlamay boshlagandi. Shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyaning texnik xizmatlari bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlarini o‘tkazmoqda, buning natijasida «O‘zbektelekom» AK shu yilning oxiriga qadar, «UZTELECOM»dan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barcha arizalari cheklovlarsiz va to‘la hajmda qondiriladi. «UZTELECOM» kompaniyasi «UZONLINE» va «UZMOBILE» abonentlari uchun yanada jozibador tarif rejalarini joriy etishni rejalashtirmoqda».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring