Internetdagi firibgar-dasturlarning 74 foizi «rus xakerlari»niki
«Chainalysis» kompaniyasi dunyo bo‘yicha firibgar-dasturlar orqali uyushtirilgan hujumlarning to‘rtdan uch qismi (74 foiz) ortida Rossiya bilan bog‘liq xakerlar turibdi, deya ma’lumot berdi.
Xakerlar firibgar-dasturlar ortidan bir yilda kriptovalyutada $400 mln.dan ko‘p pul ishlagan.
E’tiborli jihat: rusiyzabon forumlarda muloqot qilgan yoki Rossiya va MDH mamlakatlaridagi kompyuterlarga zarar yetkazmaydigan kodlarni yozgan barcha xakerlar — «rus xakerlari» sifatida tasniflangan.
Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, har oy Moskva-Sitidagi kriptovalyuta kompaniyalariga kelib tushadigan pullarning uchdan biridan yarmigacha noqonuniy manbalarga taalluqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter