Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Routerni deraza oldiga qo‘ymang yoki internet tezligini oshirishning 8 usuli

Routerni deraza oldiga qo‘ymang yoki internet tezligini oshirishning 8 usuli

Foto: «GETTY - CONTRIBUTOR»

«The Sun» jurnalistlari internet tezligini oshirishning sakkiz usulini sanab o‘tishdi. Ularning fikricha, ma’lumotlar uzatish tezligiga ko‘p narsalar ta’sir qiladi — router tevaragidagi narsalardan tortib, dasturiy ta’minotdagi muammogacha.

Birinchi usul eng oddiysi: brauzerning keshini tozalang!

Qolganlari quyidagilar:

  1. Brauzerni doim yangilab turing.
  2. Kompyuterdagi viruslar internet tezligini susaytiradi, qurilmani ulardan tozalab turishni kanda qilmang.
  3. Fon tartibida ishlayotgan ilovalarning (masalan, «Telegram») tezlikni kamaytirishdagi «hissasi» kam emas. Shunga o‘xshash dasturlarning o‘chib-yoqilishini «Vazifalar boshqaruvchisi» («Dispetcher zadach») orqali doim nazorat qilib boring.
  4. Routerni iloji boricha balandroqqa joylashtiring — shunda signal butun xonani qamray oladi.
  5. Routerni deraza oldiga qo‘ymang — signalingiz qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketadi.
  6. Routerni akvarium oldiga qo‘yish ham tavsiya etilmaydi — suv signalni yutadi.
  7. Wi-FI parolingiz juda ishonchli bo‘lsin, shunda tarmoqqa sizdan boshqa hech kim ulana olmaydi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring