Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet giganti Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etdi

Internet giganti Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etdi

Xitoyning eng badavlat odamlaridan biri, Alibaba kompaniyasi asoschisi (Ali Express kompaniyasiga egalik qiluvchi kompaniya) Jek Ma mamlakatni tark etgan va olti oydan beri Yaponiyada yashamoqda. Bu haqda Financial Times (FT) ma’lum qildi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Jek Ma Tokio markazida oilasi bilan yashamoqda va o‘zining jamoatchilik faoliyatini keskin qisqartirgan.

Ma Xitoy hukumatining texnologiya shirkatlariga bosimi kuchaygani ortidan mamlakatni tark etgan. Biznesmen 2020 yilda Shanxayda o‘tgan anjumanda Xitoy hukumatini «chollar o‘ylab topgan tartib me’yorlari zamon talablariga javob bermaydi» deb tanqid qilganidan so‘ng jamoatchilik orasida kam ko‘rinish bera boshlagan edi.

Shundan keyin Xitoy rahbari Si Szinpinning shaxsan o‘zi Alibaba’ning fintech sho‘ba korxonasi Ant Groupning birlamchi ommaviy taklifini (IPO) so‘nggi daqiqada to‘xtatib turishni buyurgan.

2021 yilning aprelida Xitoy Davlat bozor munosabatlari boshqarmasi Alibaba Group Holding Limited shirkatini antimonopoliya qonunlarini buzganlikda ayblab 18,2 milliard yuan (2,8 milliard dollar) jarimga tortgan edi. Bu Xitoy zamonaviy tarixidagi eng rekord natija bo‘ldi. Shundan keyin kompaniya aksiyalari keskin tushib ketgan.

 

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring