Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inter Mayami» Oltin to‘p sohibini o‘z safiga qo‘shib oladi

«Inter Mayami» Oltin to‘p sohibini o‘z safiga qo‘shib oladi

Xorvatiya terma jamoasi sardori va «Real» afsonaviy yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini AQShda davom ettirishi kutilmoqda. «Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, u «Inter Mayami» bilan bir yillik shartnoma imzolab, yiliga 2,5 million dollar maosh oladi.

Qizig‘i shundaki, transfer tashabbuskori Lionel Messining o‘zi bo‘lgan. Uning taklifiga javoban klub prezidenti Devid Bekxem: «Men ham Modrichni jamoamda ko‘rishni ancha vaqtdan beri xohlardim», — degan.

Ma’lumot uchun, hozirda «Inter Mayami»  safida Messi, Suares, Buskets va Jordi Alba kabi yulduzlar bor. Endilikda ular qatoriga Luka Modrich ham qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring