Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Intel» rahbari iste’foga chiqdi

«Intel» rahbari iste’foga chiqdi

AQShning chip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Intel» kompaniyasi rahbari Brayan Krjanich iste’foga chiqdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Intel» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 58 yoshli Krjanich avvalroq kompaniyada ishlovchi bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishqiy munosabat har ikki tomonning roziligi bilan bo‘lgan esa-da, biroq bu «Intel»ning ichki nizomiga to‘g‘ri kelmas ekan.

Iste’fodan keyin «Intel» aksiyalari narxi 2,2 foiz arzonlashdi.

Brayan Krjanichning o‘rniga kompaniya rahbarining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Robert Svan vaqtincha rahbar vazifasini bajarishga kirishdi.

1982 yili «Intel»da muhandis sifatida ish boshlagan Krjanich 2013-yili kompaniya rahbari lavozimini egallagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring