Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insonning Oyga jo‘natilishi bir yilga kechiktirildi

Insonning Oyga jo‘natilishi bir yilga kechiktirildi

Foto: ESA

NASA Oyga insonni jo‘natishni bir yilga kechiktirdi. Bu haqda AQSh aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson bayonot berdi.

«Artemida« («Artemis») dasturi finali rejalashtirilgan 2024-yildan 2025-yilga ko‘chirilmoqda.

Nelsonning aytishicha, odam yuboriladigan birinchi missiya — «Artemida-2»ga 2024-yilning may oyidan kirishiladi. «Shuning uchun ham insonning Oyga qo‘nishi kamida 2025 yilga suriladi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, astronavtlarni Oyga yetkazish dasturi («Artemida») uch bosqichdan iborat:

  • yangi raketa-tashuvchi «Space Launch System» vositasida «Orion» kemasi fazoga chiqariladi, bortiga odam olmagan bu kema Oyni bir necha marta aylanib, ortiga qaytadi;
  • Yerning tabiiy yo‘ldoshiga bortiga ekipaj a’zolarini olgan kema uchadi;
  • astronavtlar Oyga qo‘nadi.

Dasturning bosh maqsadi — insonning Oyga xavfsiz qaytishini ta’minlash, qolaversa, Yer yo‘ldoshi kolonizatsiyasi uchun shariotlar yaratish va Oy yaqinida stansiya qurishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas