Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyatga xavf tug‘diruvchi besh xil virus aniqlandi

Insoniyatga xavf tug‘diruvchi besh xil virus aniqlandi

Xitoyning Yunnan instituti olimlari ko‘rshapalaklarda odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan viruslarni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari bioRxiv tomonidan e’lon qilindi.

Aniqlangan barcha viruslar zoonoz, ya’ni bir turdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Bu patogen inson uchun xavfli. Shulardan biri — BtSY2 virusi SARS-CoV-2 (koronavirus)ga o‘xshab ketadi, bu esa uning jonivorlardan odamga o‘tish ehtimolini oshiradi.

Tadqiqotchilar Xitoy janubidagi Yunnan provinsiyasida 15 turdagi 150 ga yaqin kalamushlarni o‘rganishdi. Bu jarayonda beshta virus DNKsini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Eng tashvishli jihati: bir jonivor bir paytning o‘zida har xil viruslarni yuqtirishi mumkin.

Mutaxassislarga ko‘ra, aksariyat viruslar tarqalib ketishiga odamlar yoki uy hayvonlarining ko‘rshapalaklar bilan kontakti sabab bo‘ladi. Pandemiyalarning oldini olish uchun olimlar ushbu viruslarni o‘rganishda davom etishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring