Inson maksimal tarzda nechta tilni o‘rganishi mumkin?
XXI asrda bir-ikkita chet tilni bilish bu normal holat. Biroq inson bundan ham ko‘p tilni o‘rganish qobiliyatiga ega. Psixotilshunoslarning aytishicha, kishining ko‘p tilni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qiluvchi narsa vaqt ekan.
Balki sizga Ken Xeyl nomli poliglot haqida bilish qiziqdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu professor 50 ta tilni bilgan va ushbu tillarda bemalol so‘zlasha olgan.
Rossiyalik lingvist Sergey Starostin 400 ta tilni turli darajalarda o‘zlashtirgan. Og‘zaki so‘zlashuvda esa 20 ta tildangina faol foydalangan. Uning bu darajaga yetishishidagi sababchilar uning oilasi hisoblanadi.
Ma’lumki, tillar guruhlarga bo‘linadi, guruhlar esa oilalarga. Masalan, ingliz va rus tillari hind-yevropa oilasiga mansub. Shu bois, hind-yevropa tillaridan birontasini bilganlar uchun fransuz, italyan, ispan, portugal tillarini o‘rganish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter