XXI asrda 3000 ga yaqin til yo‘qolib ketadi...
Dunyo aholisi foydalanayotgan 7000 dan oshiq tillarning 3000 dan ziyodi XXI asr yakuniga qadar yo‘qolib ketadi. YuNESKO bosh direktori Odri Azulega ko‘ra, jahondagi 40 foizga yaqin o‘quvchilar o‘zi yaxshi bilgan tilda ta’lim olish imkonidan ham mahrum qolmoqda.
Ayni paytda iste’molda bo‘lgan tillarning 6700 tasi tubjoy aholi vakillari so‘zlashadigan tillar sirasiga kiradi. Aynan o‘sha tillarning istiqboli xavf ostida ekani aytilmoqda.
Xalqaro tuzilma xulosasiga qaraganda, 10 foiz tillar yo‘qolish xavfi ostida, 9 foizi jiddiy yo‘qolish xavfi ostida, 11 foizi muayyan darajada yo‘qolish xavfi ostida, 10 foizi esa qo‘llovga muhtoj holatdadir.
Til shunchaki muloqot vositasi bo‘lib qolmay, millat va elatning madaniyati, an’analari, tafakkur tarzi va qadriyatlarini ham ifodalaydi. Jonli tilning o‘lik tilga aylanishi esa insoniyatning betakror ma’naviy boylikdan mosuvo bo‘lishini anglatadi.
YuNESKO yo‘qolish xavfi ostida qolayotgan tillarni saqlab qolish va rivojlantirishga chorlab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter