«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2023 yil 15 oktyabrdan boshlab «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilmoqda.
Qayd etilishicha, dastlab 28 ta tuman (shahar)larda eksperiment tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish yoki chiqarish «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi
Shuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo‘lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter