Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiyalar global reytingida Qozog‘iston tepaga siljidi, O‘zbekiston qayerda?

Innovatsiyalar global reytingida Qozog‘iston tepaga siljidi, O‘zbekiston qayerda?

Foto: Global Innovation Index

Global Innovation Index (2020)ga ko‘ra, jahondagi eng innovatsiyalashgan mamlakatlar Shveysariya (66,1), Shvetsiya (62,5) va AQSh (60,6).

Top-10

  1. Shveysariya (66,1)
  2. Shvetsiya (62,5)
  3. AQSh (60,6)
  4. Buyuk Britaniya (59,8)
  5. Niderlandiya (58,8)
  6. Daniya (57,5)
  7. Finlyandiya (57,0)
  8. Singapur (56,6)
  9. Germaniya (56,5)
  10. Janubiy Koreya (56,1)

Ushbu reytingida qo‘shni Qozog‘iston bu yil 79-o‘rindan 77-o‘ringa ko‘tarildi. Qozog‘iston indeksi 28,6 — Qirg‘izistonnikidan yuqori, ammo o‘zi kabi YeOII mamlakatlari Rossiya, Armaniston, Belarusnikidan past.

131 mamlakat o‘rin olgan reytingga bu yil O‘zbekiston ham kiritildi: 24,5 indeks ko‘rsatkichi bilan 93-o‘rindamiz.

O‘zbekistonning «innovatsion qo‘shnilari»

Manba: Global Innovation Index 2020

Solishtirilganda:

  • Sobiq ittifoqda (Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina, Rossiya, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Ozarbayjondan so‘ng) 11-o‘rindamiz;
  • Afrikaning 8 mamlakatidan ortdamiz.

Global Innovation Index  — mamlakatlar innovatsion taraqqiyoti ko‘rsatkichlarining eng to‘liq to‘plami.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring