Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat qilish imkoni yaratildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratildi.
Virtual sayohat davomida istagan odam vazirlikning turli xonalarida — aerokosmik texnologiyalar va 3D modellarni prototiplash laboratoriyasi, robototexnika va mexatronika laboratoriyasi, yosh ixtirochilar xonasi, innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlanmalar o‘rin olgan ko‘rgazma zaliga tashrif buyurishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday sayohatni maxsus ko‘zoynak (VR ko‘zoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi o‘zini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga sayohatni ushbu havola orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan startap-loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan «NazzAR» loyihasi muallifi bo‘lmish SmartChain kompaniyasi tomonidan yaratilgan O‘zbekistondagi 10 ta tarixiy obidalarga virtual sayohat qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter