Inha universiteti talabasi Sturgeon Capital LTD kompaniyasi grantini oldi
Kompyuter va dasturiy injenering fakultetining ikkinchi bosqich talabasi Amirbek Po‘latov Sturgeon Capital LTD kompaniyasining o‘quv granti egasi bo‘ldi. Ushbu grant universitetda o‘qish xarajatlarini qoplaydi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov sertifikatni topshirarkan, Amirbek Po‘latovga o‘qishida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Sturgeon Capital LTD Toshkent filialining boshqaruvchi direktori Alijon Ravshanovga esa minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari va talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari va amaliyotlarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Sturgeon Capital – bu Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yo‘li mintaqasiga sarmoya kiritish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ingliz investitsiya kompaniyasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter