Inha universiteti shartnoma to‘lovi oshgani haqidagi xabarga izoh berdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti blogger Troll.uz akkauntida e’lon qilingan ma’lumotga munosabat bildirdi.
Bloger o‘z xabarida Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati diplom taqdimotidan 2 hafta oldin shartnoma to‘lovini 7,5 million so‘mga oshirgani haqida ma’lumot bergan.
«Aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ta’kidlab o‘tmoqchimiz:
1) 2020-2021 o‘quv yili boshlanishidan oldin talabalar uchun zoom uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi, unda shartnoma to‘lov narxi oshishi e’lon qilingan edi. Va buning uchun shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tayyorlanayotgan edi, lekin bu shartnomani imzolash uchun asos tayyor emas edi. Asos universitetni nazorat qiluvchi oliy organning protokoli bo‘lganligi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish uzoq jarayon bo‘lganligi sababli, qo‘shimcha kelishuvni tayyorlash ko‘p vaqtni oldi.
2) Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari 2 yil (2018/2019 va 2019/2020 o‘quv yillari) o‘qish to‘lovlari uchun imtiyozlarga ega edilar. Ammo, pandemiya yilida, afsuski, Fond bu imtiyozlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettira olmadi. 2020/2021 o‘quv yilida talabalar imtiyoz bilan o‘qiy olishmadi.
Har qanday holatda ham yuzaga kelgan noqulaylik uchun chin dildan uzr so‘raymiz», — deyiladi universitet izohida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter