Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inglizzabon Kamerunda ahvol chatoq

Inglizzabon Kamerunda ahvol chatoq

Foto: «Cameroon Concord News»

Kamerun Afrikadagi inqiroz eng tez kuchayib borayotgan mamlakatga aylanmoqda. Xavfsizlik ayanchli ahvolda, mamlakat gumanitar inqiroz jari yoqasiga kelib qolgan. Bu haqda «Regnum» yozmoqda

BMT ingliz tilida gaplashuvchi milliy ozchilik bilan vaziyat butkul izdan chiqib ketishidan ko‘proq xavotirda.

«O‘tgan yili Kamerun shimoli-g‘arbi va janubi g‘arbidagi 160 ming kishi insonparvarlik yordamiga muhtoj edi. Endi esa 1,3 million — sakkiz karra ko‘p», — dedi BMT koordinatori Mark Loukok Xavfsizlik kengashining norasmiy yig‘ilishida.

Inglizzabonlar yashovchi shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlarda 2017-yildan beri to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Ana shu xunrezliklar oqibatida 1 500 dan ortiq inson o‘ldirilgan, qariyb yarim million kishi boshpanasini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Tibbiyot markazlarining 40 foizi yopilgan, 600 ming nafar bola maktablarni tark etgan.

Muammoning yechimi — juda katta pul.

«Bugun BMT va nodavlat tashkilotlar 2,3 million kishiga (shuning uchdan bir qismi nizoli hudududlarda yashaydi) yordam berish uchun 300 million AQSh dollari yig‘ishmoqchi», — dedi Loukok.

Hozircha 38 million dollar yig‘ildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring