Infantino: 3-mart kuni FIFA videotakrorlar bo‘yicha bir qarorga keladi
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino hakamlarning o‘yin vaqtida videotakrorlardan foydalanishi yuzasidan joriy yilning 3 mart kuni yakuniy qarorga kelinishini e’lon qildi.
«Biz 3-martda hakamlarning videotakrorlardan foydalanishi masalasini ko‘rib chiqamiz. Ha, biz sizga 2018-yilda har qanday tomoshabin stadion yoki televizor qarshisida turib hakamning xato qilishini kuzatish imkonini boshqa bermaymiz. Maydonda hakam bitta bo‘ladi, uning vaziyatlarni to‘liq ko‘ra olishi qiyin. Shuning uchun unga bu xizmat kerak», — degan Infantino Xanoydagi tashrifi davomida.
Avvalroq, FIFA Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashining mart oyidagi yig‘ilishidan keyin Rossiyadagi jahon chempionatida ushbu videotakrorlar(VAR tizimi)dan foydalanish haqida qaror qabul qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
VAR tizimidan allaqachon Fransiya, Germaniya, Italiya kabi davlatlar foydalangan. Shuningdek, 2017-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida ham bu tizim qo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter