Futbolchilarimiz uchun imkoniyat! Qatardagi JCh qatnashchilari soni 48 taga yetkazilishi mumkin
Kecha, 15-fevral kuni Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino hamda Qatarda 2022 yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilari Istanbul shahrida uchrashishdi. Bu haqda «Kuwait News Agency» xabar berdi.
Tomonlar mazkur turnirda qatnashadigan jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshirish masalasini muhokama qilishgan.
2026-yili Meksika, Kanada va AQSh mezbonlik qiladigan JCh final bosqichida 48 terma jamoa qatnashadi.
Ulkan qadamni tashlash uchun Infantino 2026-yilni kutib o‘tirmoqchi emas, u «eng katta» jahon chempionatini kichik mamlakat — Qatardayoq boshlamoqchi, faqat ayrim o‘yinlar bu mamlakat tashqarisida o‘tkaziladi. FIFA rahbari vazifa uddalanishiga ishonmoqda, shunga qaramay turnir qatnashchilari sonining oshirilishi tashkilotchilar yumushini ancha ko‘paytirishi bor gap.
Qatar futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Yaqin Sharqdagi ilk mamlakat bo‘ladi. Turnir o‘yinlari 2022-yilning 21-noyabrida boshlanib, 18 dekabr kuni nihoyasiga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter