Indoneziyada baxtsiz hodisa yuz berdi
Adliya va inson huquqlari vazirligining qamoqxona boshqarmasi matbuot kotibi Riku Apriantning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziyadagi qamoqxonada kamida 40 kishi yong‘in qurboniga aylangan. Uning so‘zlarini Reyters keltirmoqda.
Frans Press agentligining xabar berishicha, hodisa 41 kishining umriga zomin bo‘ldi, 8 kishi og‘ir va 72 kishi yengil tan jarohati oldi.
Qayd etilishicha, yong‘in Banten provinsiyasida tunda sodir bo‘lgan.
Hali ham odamlar qamoqxona binosidan evakuatsiya qilinmoqda.
Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter