Indoneziyada saylov qo‘mitasining 496 nafar xodimining o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlandi

Indoneziyada 17 aprelda prezidentlik, vitse-prezidentlik va milliy hamda xududiy parlamentlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu saylovlarning tashkiliy qo‘mitasida faoliyat olib borgan 496 xodim bevosita saylov vaqtida va saylovdan so‘ng vafot etgan.
Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, xodimlarning o‘limiga asosan insult va infarkt sabab bo‘lgan. Markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, vafot etganlarning aksariyati 50 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh kotibi Oskar Primadi bu holatni «mutlaqo kutilmagan» deb baholadi. Uning tahminiga ko‘ra, sog‘ligida muammosi bor fuqarolar uchun saylov vaqtida uzoq vaqt dam olmasdan ishlash oqibati o‘limga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter