Indoneziyada narkotik savdosi bilan shug‘ullanayotgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Bali politsiyasi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan 7 kishini hibsga oldi. Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi aytilmoqda.
«Bizda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan 7 kishi bor. Ulardan 3 tasi rossiyalik. Bundan tashqari, jinoiy guruhda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan», – deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik M.A va Yo.O Indoneziyaning Badung okrugida hibsga olingan.
Qayd etilishicha, tintuv chog‘ida qo‘lga olinganlardan giyohvand moddalardan tashqari 3 ta pnevmatik to‘pponcha ham topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter