Indoneziyada mintaqadagi eng ko‘hna Qur’oni karim qo‘lyozmasi namoyish etilmoqda
Palembang (Indoneziya)dagi Katta masjidda uchta kutubxona bilan hamkorlikda Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng ko‘hna Qur’oni karim qo‘lyozmasi namoyish etilmoqda, deb xabar berdi «Antaranews».
Tadqiqotchi Kemas Andi Siarifuddinning ta’kidlashicha, Palembang Janubi-Sharqiy Osiyoda Qur’oni karim ilk bor chop etilgan shahar hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi Qur’on 1848-yilning 21-avgustida 105 nusxada chop etilgan.
«Hozir uning ikki nsxasi ma’lum: biri xususiy kolleksiyada, ikkinchisi muzeyda», — dedi tadqiqotchi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada 2019-yilning 21-aprelidan 28-apreliga qadar kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tmoqda, Qur’oni karim va boshqa qo‘lyozmalar shu haftalik doirasida namoyish etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter