Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya prezidenti uch oy ichida vaksinani tayyor qilishni talab qildi

Indoneziya prezidenti uch oy ichida vaksinani tayyor qilishni talab qildi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo.

Foto: «Reuters»

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo ilmiy muassasalar vakillari bilan o‘tgan yopiq uchrashuvda koronavirusga qarshi vaksina ustidagi ishlarni uch oy ichida tugatishni talab qildi. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

Preparat ustida ishlayotgan Pajadjaran universiteti tibbiyot maktabi professori Kusnandi Rusmil «biz Vidododan vaksinani uch oy ichida tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma oldik» degan. Ammo bu sohadagi eng ilg‘or tadqiqotlar ham klinik sinovlarni kelgusi yilning yanvar oyidan vaqtli yakunlashga imkon bermaydi.

Rusmil qayd etishicha, mamlakatda eng istiqbolli loyiha mahalliy Bio Farma farmatsevtika kompaniyasi va Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasining qo‘shma loyihasi hisoblanadi. Ular vaksina sinovlarini avgust oyida boshlashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Indoneziyada koronavirusga chalinishning 91 751 holati tasdiqlangan. Pandemiya davri ushbu virus oqibatlaridan 4459 kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring