Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan bank mas’ullari va jamiyat rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan AT «Agrobank» Andijon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda filialning mas’ul shaxslari «G.A.» MChJ rahbari M.O. bilan oldindan til biriktirib, 2019-2020 yillarda 9 nafar fuqaroning xabarisiz ularning nomiga soxta ma’lumotlar tayyorlash orqali 129,5 mln so‘m, fuqaro X.M. bilan oldindan til biriktirib, 3 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar nomiga 90 mln so‘m, jami 219,5 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib ushbu kredit mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter