Imron Xon garov evaziga ozodlikka chiqadi
Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazir Imron Xon ustidan sud jarayonini to‘xtatib, uni garov evaziga ozod qilishga ruxsat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Islomobod Oliy sudi seshanba kuni «Tehrik-ye-Insaf» partiyasi raisi Imron Xonni garov evaziga qo‘yib yuborishga ruxsat bergan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning oktyabr oyida Pokiston Saylov komissiyasi uni parlament mandatidan, shuningdek, besh yilga mamlakatning federal va mintaqaviy qonun chiqaruvchi organlariga saylanish va tayinlanish huquqidan mahrum qilgandi. Komissiya Xonga qarshi shunday qaror qabul qilib, uni Toshaxonda (Pokiston davlat g‘aznasi) saqlanayotgan 52 ta qimmatbaho buyumlarni sotishda va shaxsan o‘zi olgan sovg‘alar haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda aybdor deb topgandi.
Hozirgi bosh vazir Shahboz Sharif uni Dubayda 140 million Pokiston rupiysi (630 ming dollardan ortiq) qiymatidagi davlat xazinalarini sotganini aytgan edi.
Shundan so‘ng Imron Xon joriy yilning may oyida hibsga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter