Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Foto:«Religions.uz»

«O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (Markaz) tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring