O‘zbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi

Prezident «Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi.
Allomaning islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:
2025-yil aprel oyida Samarqand shahrida «Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;
xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;
Imom Moturidiyning «Ta’vilot al-Qur’on» va «Kitob at-tavhid» asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish.
«Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Moturidiylik ta’limoti bilimdoni» tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas