Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«IMEI tizimi joriy etilganidan keyin mahsulotimizga talab kuchaydi» – rasmiy diler (video)

So‘nggi vaqtlarda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masala barchaning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berildi, shuningdek, fuqarolarning pasport ma’lumotlarining o‘g‘irlanishi holati hamda shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish oqibatlari haqida gapirildi.

Ammo jarayonga bevosita aloqador tomon – xorijdan mobil qurilmalarini import qilib olib keluvchilar qanday fikrda? IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining joriy qilinishi rasmiy importchilar faoliyatiga qanday ta’sir qildi? Bu haqda «GOODS AND SERVICES IMPEX» MChJ rahbari Oybek Yo‘ldoshev bilan qisqa intervyu uyushtirdik.

–  Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etilgandan keyin, biz rasmiy ravishda import qilib olib kirayotgan mahsulotimizga talab ancha-muncha kuchaydi, – deydi Oybek Yo‘ldoshev. – Biz 2013 yildan beri import bilan shug‘ullanamiz, asosan «Samsung» brendi mahsulotlarini rasmiy dileri hisoblanamiz. Import qilinayotgan mahsulotlar bojxonada rasmiylashtiriladi, barcha soliqlar to‘lanadi. Oxirgi paytlar iste’molchilar, ya’ni, xaridorlarning ham dunyoqarashi kengayib, qanday mahsulotni sotib olish lozimligini yaxshi tushunib borishmoqda. Xaridor sifatida e’tiborliroq bo‘lib borishyapti. Importyor sifatida aytishim mumkinki, IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining joriy qilinishi bozorda halol raqobat muhitini shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Mutaxassisning qayd etishicha, tizimning joriy etilishi ichki bozorga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelayotgan mobil qurilmalarning savdosiga chek qo‘yilishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, narx-navoning keskin o‘zgarib ketishi oldi olinmoqda.

– Chunki, biz kabi rasmiy dilerlar o‘rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilib, barcha mahsulotlarni tegishli tashkilotlardan ro‘yxatdan o‘tkazib, barcha soliqlarni to‘lab, mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazib, shundan keyingina sotuvga chiqaramiz. Aslida, har bir importyor o‘z mahsulotlarini mana shunday tartibda savdoga chiqarishi lozim. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlardan o‘tkazish bu xaridorning vazifasi emas, bu importyorlarning vazifasi hisoblanadi. Xaridorlarga tayyor mahsulot yetkazib berish kerak. Telefon apparatlarining blokka tushib qolmasligi uchun xaridorlar mana shu jihatlarga, telefon apparatlarini sotib olayotgan vaqtlarida, e’tibor berishlari lozim. Agar biror fuqaro o‘zi xorijiy mamlakatga borib, o‘sha yerdan o‘ziga telefon sotib olsagina IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘zi o‘tkazadi, – dedi Oybek Yo‘ldoshev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring