Ilon Mask «Twitter»ning eng yirik aksiyadoriga aylandi
«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari xo‘jayini Ilon Mask «Twitter» ijtimoiy tarmog‘i qimmatbaho qog‘ozlarining 9,2 foizini sotib oldi va «Bloomberg» yozishicha, kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylandi.
Mask ilgari «Twitter»ni so‘z erkinligi tamoyillarini buzishda ko‘p ayblagan.
Maskning xarididan so‘ng «Twitter» qimmatbaho qog‘ozlari 4-apreldagi premarketda 25 foizga — 2018-yildagi darajagacha qimmatlab ketdi. Hozir kompaniyaning bir dona aksiyasi $47,72 dan sotilmoqda.
Ilon Mask «Twitter» aksiyalarining 9,2 foiziga 14-mart kuni ega bo‘lgani Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi hujjatlarida ko‘rsatilgan.
Ilon Mask — sayyoramizning eng boy kishisi. «Bloomberg Billionaires Index» kunlik yangilanuvchi indeksiga ko‘ra, uning boyligi $273 milliardga teng. Ikkinchi o‘rin sohibi ancha ortda qolmoqda — «Amazon» asoschisi Jeff Bezos ($188 milliard). «LVMH» xoldingi sohibi Bernar Arno ($148 milliard) ham kuchli uchlikda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter